Pirlo "Barselona"ni boshqarishi mumkin edi

  • 24 oktabr, 2022, 19:36
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Ronald Kuman iste’foga chiqarilganidan keyin Andrea Pirloni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, Laporta Pirloga ishonch bildirgan, biroq jamoada ta’sir kuchiga ega bo‘lgan to‘rt nafar sardor va uch nafar futbolchi bilan gaplashgach, bu fikridan qaytgan. Futbolchilar Pirloning o‘yin uslubini o‘zgartirishiga ishonishmagan, shuningdek, uni ispan tilini bilmaydigan tajribasiz murabbiy deb bilishgan. Qayd etilishicha, ular yakunda Kataloniya klubini boshqaruviga Xavini tanlashgan.

43 yoshli italiyalik hozirda Turkiyaning "Fotih Karagyumryuk" klubida ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!