Pochettino: Bunday futbolchi 100 yilda bir tug‘iladi

  • 11 fevral, 2022, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘tgan yoz parijliklar safiga qo‘shilgan argentinalik hujumchi Lionel Messini yana bir bor maqtadi.

“Messi - futbol dahosi. Bundaylar har 100 yilda bir marta tug‘iladi. Hozir Leo uchun eng yaxshi davr. U mavsumning hal qiluvchi pallasiga ajoyib holatga keladi. Ishonchim komilki, Messi o‘zini ko‘rsata oladi”, - dedi argentinalik mutaxassis.

34 yoshli hujumchi erkin 2021 yilning yozida agent sifatida «Barselona»dan PSJga o‘tdi va parijliklar bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Messi joriy mavsum Frantsiya chempionatida hozircha 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!