
Pochettino: Messining golini nishonlashim kerak edi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Evropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi bellashuvdan keyin shogirdi Leo Messining goli haqida gapirdi:
"Odatda, men gol urilgan paytda uni nishonlamayman. Ammo bugun shunday qildim. 20 yil davomida Messi mening shogirdlarim darvozasini ishg‘ol etishiga guvoh bo‘lardim. Bugun esa u mening jamoam uchun gol kiritdi. Shuning uchun, buni nishonlashim kerak edi".
34 yoshli hujumchi joriy yilning yozida "Barselona"dan Parij klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Ortda qolgan 4 o‘yinning so‘nggisi, "shaharliklar"ga qarshi bahsda u debyut golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar