Pochettino PSJ rahbariyati bilan kelishib oldi
PSJning argentinalik bosh murabbiyi Maurisio Pochettino allaqachon Parij jamoasi rahbarlari bilan shartnomani bekor qilishga kelishib olgan.
Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, Pochettino joriy mavsum yakuniga qadar ham Parij klubini tark etishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Maurisioning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Pochettino qo‘l ostidagi PSJ joriy mavsum Frantsiya chempionatida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi, biroq parijliklar Chempionlar ligasining 1/8 finalidan chiqib ketishdi. PSJ chorak finalda “Real”ga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar