
Pochettino va Messi yarashib oldi
Frantsiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan PSJ va "Lion" (2:1) jamoalari o‘yinida bosh murabbiy Maurisio Pochettino va hujumchi Lionel Messi o‘rtasida paydo bo‘lgan kelishmovchilik hal qilindi.
L'Equipe nashrining yozishicha, shu kuni sodir bo‘lgan holatdan so‘ng tomonlar vaziyatni o‘zaro muhokama qilishgan. Hozirda ularning munosabatlari yaxshi ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Lion" bilan o‘yinning ikkinchi bo‘limida Pochettino Messining o‘rniga, himoyachi Ashraf Hakimini tushirdi. Bu holat Leoga yoqmadi va u Pochettinoga qo‘l berishni xohlamadi. Parijliklar so‘nggi daqiqalarda Mauro Ikardining goli evaziga g‘alabani tortib olishdi, ammo "Barselona"ning sobiq futbolchisi bu golni jamoadoshlari bilan nishonlamadi.
Keyinchalik, ommaviy axborot vositalari Pochettino Messini jarohati tufayli almashtirgani haqida yozishdi.
Fikrlar