Pochettinoning PSJdan ketish niyati yo‘q

  • 19 aprel, 2022, 19:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Pari Sen-Jermen” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino parijliklar safidagi kelajagi haqida gapirdi.

"PSJ bilan yana bir yil shartnomam bor. Mantiqan olib qaraganda, bu erda gap istakda emas, shartnomada.

Bu klubning asosiy maqsadlaridan biri – Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Muvaffaqiyatga erisha olmaganimizdan juda xafamiz, lekin har kuni Chempionlar ligasida g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

Biroq mavsum yakuniga etgani yo‘q, biz hali chempionlikni qo‘lga kiritganimiz yo‘q va bor e’tiborimizni shu vazifaga qaratganmiz. Vazifa bajarilgach, birga o‘tirib, jamoaning kelajagini muhokama qilamiz”, - dedi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!