
Pochettinoning qachon iste’foga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda agar “Tottenxem” 23 noyabr kuni APLning 13-turi doirasida “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, argentinalik mutaxassis o‘z lavozimidan ozod etiladi.
Rahbariyat Pochettino jamoadagi mavjud vaziyatni o‘nglay olishiga ortiq ishonmayapti.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” APLning o‘tgan 12 ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Pochettinoning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Agar u iste’foga chiqarilgan taqdirda, bu londonliklarga 14 mln evrodan ortiqroqqa tushishi mumkin.
Fikrlar