
"Pochettinoning qo‘llari bog‘langan!"
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Maykl Ouen Maurisio Pochettinoning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanishi haqida fikr bildirdi.
"Pochettinoning qo‘llari bog‘langan. U Neymar, Kilian Mbappe va Lionel Messi kabi futbolchilar bor klubdan voz kecha olmayapti. Albatta, u etarlicha kuchli mutaxassis. Biroq Maurisio bu o‘yini bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmaydi.
Menimcha, Pochettino "Yunayted" boshqaruvida PSJdagidan ko‘ra ko‘proq narsa qila oladi. U parijliklarni Evropa taxtiga olib chiqishiga ishonchim komil emas. O‘ylaymanki, u buni MYuda uddalay oladi",-dedi Ouen "CBS Sports" nashriga.
Avvalroq, argentinalik mutaxassis faoliyatini Manchesterda davom ettirishi, uning o‘rniga Zinedin Zidan Parij klubini qabul qilib olishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar