
Pogba, di Mariya kabi futbolchilar har qanaqasiga "Yuventus"da qolmoqchi
"Yuventus" futbolchilari Pol Pogba va Anxel di Mariya klubda qolmoqchi. Bu haqda Italiyaning mahalliy nashrlari xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki futbolchi ham jamoani og‘ir ahvolda tashlab ketmoqchi emas. Ular "keksa senora" Evropa chempionlar ligasiga chiqa olmasa ham bu qaroridan qaytmoqchi emas. Shuningdek, Adrien Rabo ham di Mariya va Pogba bilan birga qolishni rejalashtiryapti.
Ma’lumot o‘rnida, 20 yanvar sanasida turinliklardan 15 ochko olib tashlangan edi. Bunga sabab sifatida klubda moliyaviy firibgarliklar borligi ko‘rsatilgandi.
Fikrlar