Pogba borishi mumkin bo‘lgan yagona jamoa qoldi

  • 22 fevral, 2022, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi.

Anchadan beri frantsiyalik futbolchini yangi bitim imzolashga chorlayotgan manchesterliklar yaqinda fikrini o‘zgartirdi. Klub mutasaddilariga o‘yinchi fikrini tez-tez o‘zgartirayotgani yoqmadi va ular uning pozitsiyasiga boshqa nomzod qidirishni boshlab yubordi.

Todofichajes nashrining xabar berishicha, “Yuventus” rahbariyati ham Pogbani ortga qaytarish g‘oyasidan voz kechgan. Avvalroq, Ispaniya grantlari – “Real” va “Barselona” katta maosh talab qilayotgan Pogbani olish fikridan qaytgandi.

Hozir 28 yoshli futbolchiga PSJ yagona da’vogar bo‘lib turibdi. Parijliklar Frantsiya terma jamoasi etakchisiga yiliga 16 million evro maosh to‘lashga rozilik bergan va 2027 yilning yarmigacha shartnoma imzolashni taklif qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!