
Pogba “boyvachchalar” safidan chiqib ketdi
“Manchester Yunayted” bilan hamkorligi yakunlangan Pol Pogba “Yuventus”ga o‘tishga qaror qildi. Turin klubi safiga qo‘shilish uchun frantsiyalik yulduz maoshining qariyb ikki baravar kamayishga rozi bo‘ldi.
Pogba Angliya premer-ligasida eng katta maosh oluvchi futbolchilar qatorida e’tirof etilardi. U manchesterliklar safida har hafta 350 ming evrodan maosh olayotgan edi.
Manbalarning ta’kidlashicha, turinliklar qimmatbaho futbolchini erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritganidan tashqari, haftasiga 180 ming evro evaziga to‘p tepishga ko‘ndirdi.
Shu tariqa, Pogba eng katta maosh to‘lanadigan futbolchilar safidan chiqib ketdi.
Fikrlar