Pogba: "Mbappening "Oltin to'p"ni yutishi vaqt masalasi"
"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba "Real" hujumchisi Kilian Mbappe kelajakda "Oltin toʻp" sohibiga aylanishiga ishonishini aytdi.
"Kilian Mbappening "Oltin toʻp"ni yutishi — bu faqat vaqt masalasi. Men uchun u butun mavsum davomida eng yaxshi futbolchi boʻldi. Endi u avvalgidan ham koʻproq gol urmoqda.
"Real"da u debut mavsumidayoq Krishtianu Ronaldudan koʻproq gol urdi. U yanada oʻsishda davom etishi mumkin", — dedi Pogba "Madrid Universal" nashriga.
Joriy mavsumda 27 yoshli Mbappe barcha musobaqalarda 40 uchrashuvda ishtirok etib, 41 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar