
Pogba o‘ziga jamoa tanladi
“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbaning klub bilan hamkorligi tugab bormoqda. Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan frantsiyalik futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirishi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Tuttosport nashrining yozishicha 29 yoshli yarim himoyachi “Yuventus” variantini tanlagan. Avvalroq, Pogbaga qiziqish bildirgan “Real” asosiy e’tiborini Kilian Mbappe transferiga qaratishni ma’qul ko‘rdi. PSJ esa, manchesterliklardan ikki baravar kam maosh taklif qilgan Polga to‘g‘ri kelmadi.
Ta’kidlash joizki, Pogba yulduz darajasiga aynan Turin klubida erishgan. 2012-2016 yillar davomida “yuventus” safida 178 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 34 ta gol yozdirib qo‘ygandi.
Fikrlar