
Pogbani bu holat qattiq qo‘rqitdi!
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogba "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib borgan.
"The Times" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yarim himoyachi "shaharliklar" bilan kelishuvga erishiga yaqin kelgan. Biroq frantsiyalik oxir-oqibat MYu muxlislari uning Manchesterdagi hayotini chidab bo‘lmas holatga keltirib qo‘yishidan qo‘rqib, fikrini o‘zgartirdi.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda 29 yoshli pleymeykerni qo‘lga kiritish uchun PSJ hamda "Yuventus" klublari kurash olib bormoqda.
Fikrlar