
Pogbaning holati haqida ma’lum qilindi
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba tizzasidan operatsiya qilingandan so‘ng umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashib, to‘p bilan ishladi. Frantsiyalik futbolchi "Manchester Yunayted"dan ketgach, turinliklar safida hali maydonga tushmadi.
Shuningdek, hujumchi Dushan Vlaxovich ham qaytishga yaqin, biroq uning mushaklarida hamon muammo bor.
Serbiyalik futbolchi oxirgi marta jamoa tarkibida 25 oktyabr kuni maydonga tushgan.
"Keksa senora" navbatdagi o‘yinni 13 yanvar kuni "Napoli"ga qarshi o‘tkazadi. Ikkala futbolchi ham mazkur bahsni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar