Pol Xyuz: “Usman Nurmagomedovni jazolash kerak edi"

  • 10.10.2025 14:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PFL jangchisi Pol Xyuz rossiyalik Usman Nurmagomedov bilan bo‘lib o‘tgan revanshdagi mag‘lubiyatni tan oldi, biroq uning fikricha, raqibi qoidalarga zid harakatlari uchun jazolanishi kerak edi.

"Usmandan bir ochko olish kerak edi. U uch marta beldan past qismga zarba yo‘lladi — bu haddan oshish. Qoidalar bor, lekin amalda ular qo‘llanmasa, nima uchun kerak? Bundan tashqari, u bosh bilan ham taqiqlangan zarbalar berdi. Tan olaman, o‘zim juda sust harakat qildim, qo‘l va oyoqlarim uyg‘un ishlamadi. G‘alaba qozonish uchun kerakli darajada jang qila olmadim", — dedi irlandiyalik "The Ariel Helvani Show" dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Usman "PFL champions series 3" turnirida Xyuzni ochkolar evaziga mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!