Politsiya sobiq chempionning o‘limida gumonlangan to‘rt nafar shaxsni qo‘lga oldi
Janubiy Afrika Respublikasi politsiyasi uch kun oldin uyi oldida otib oʻldirilgan, ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Zolani Tete(29-4, 22 KO)ning oʻlimi boʻyicha toʻrt nafar erkakni qoʻlga oldi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 22–28 yosh oraligʻidagi toʻrt kishi qotillikka aloqadorlikda gumonlanib ushlangan. Dastlab qoʻlga olingan 30 yoshli yana bir shaxs esa surishtiruv jarayonida guvoh maqomiga oʻtkazilgan.
22 yoshli Uzu Kuvanega Tete va u bilan bir avtomashinada boʻlgan ayolni joniga suiqasd qilish ayblovi qoʻyilgan. U allaqachon Mdantsane magistrat sudi oldida javob berdi. Qolgan uch nafariga esa oʻqotar qurolni noqonuniy saqlash boʻyicha ayblov qoʻyilgan. Hozircha jinoyat sababi aniqlanmagan, politsiya tergov davomida yana qoʻshimcha qoʻlga olishlar boʻlishini maʼlum qilgan.

Fikrlar