Polvonlarimizning g‘alabali yurishlari davom etmoqda

TIGGO 2 PRO

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 10-16 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida  jahon chempionati o‘tkazilmoqda. 30 dan ortiq davlatlarning eng sara  kurashchilari ishtirok etayotgan jahon chempionatining ilk kunida belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egallashgan edi. Kecha 12 noyabr bellashuvlarning ikkinchi kunida belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishida kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda ham vakillarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarni jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. 


Kumush medal 
100 kg. Oybek Muhammadov


Bronza medal 
68 kg. Asror Solijonov
75 kg. Murodjon Hamidov 
82 kg. Shukrullo Mamatkarimov. 


Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bugun, 13 noyabrdan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlariga start berildi. Bugungi bahslarda yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov shogirdlariga omad tilaymiz. Musobaqalar 16 noyabrga qadar davom etadi.

Darvoqe, belbog‘li kurash bo‘yicha halqaro toifadagi hakamlarimizdan Miranshoh Ro‘ziev, Sergey Txak, Ne’matulla To‘ychiev hamda Elmurod Abdullaevlar ushbu jahon chempionatida hakamlik vazifasida ishlashmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!