
"Portu" Mehdi Taremiga narx belgiladi
Portugaliyaning “Portu” klubi eronlik hujumchi Mehdi Taremi bilan xayrlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
"Sky Italia" nashri xabariga ko‘ra, "ajdarlar" kamida 25 million evro evaziga 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga birdaniga bir shaharning ikki klubi "Inter" va "Milan" qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mehdi Taremi 2020 yildan buyon “Portu” jamoasida o‘ynab kelmoqda va shu vaqt ichida u Portugaliya chempioni, Superkubok sohibi va ikki karra mamlakat kubogi sohibi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar