"Portu" prezidenti Kasilyasning faoliyati borasida muhim xabarni e’lon qildi

  • 18.02.2020 23:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" klubi prezidenti Jorje Nunu Pintu da Koshta jamoa darvozaboni Iker Kasilyas professional faoliyatini yakunlamoqchiligi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kasilyas Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra Kasilyas o‘z nomzodini qo‘yishdan oldin “Portu”ga kelgan va professional faoliyatini yakunlamoqchiligi haqida aytgan.

“Men uning yangi rejalari haqida eshitib juda xursand bo‘ldim. Uni sog‘inib qolaman”, - deydi Koshta.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Kasilyas butun faoliyatini “Real” va “Portu” klublarida o‘tkazdi. Ispaniya terma jamoasi safida esa 167 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 94 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!