Portugaliya bosh murabbiyi: "Ronalduning intizomi uni yuqori darajaga olib chiqdi"

  • 16 noyabr, 2024, 17:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasidan o‘rin olgan Portugaliya-Polsha uchrashuvi yirik 5:1 hisobida yakunlandi. Ushbu bellashuvda "An-Nasr" va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu haqida iliq fikrlar bildirdi.


"Ronalduning intizomi va fidoyiligi uni bunday darajaga chiqish uchun asosiy omil bo‘la oldi. U bir necha yildan buyon gol urishdan to‘xtagani yo‘q. Kelajakda ham u yuqori darajada o‘ynay oladi",- deb futbolchi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


Eslatib o‘tamiz, Martines 2023 yil 9 yanvar kuni Portugaliya bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Undan avval esa ispaniyalik mutaxassis Belgiya terma jamoasiga ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!