Portugaliya sobiq bosh murabbiyining yangi ish joyi ma’lum

  • 24 yanvar, 2023, 06:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush murabbiylik faoliyatini Polshada davom ettiradi. 

Polsha futbol ittifoqi prezidenti Sezari Kulesha ijtimoiy  tarmoqqa 68 yoshli murabbiy bilan tushgan suratini joylashtirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, uning oldiga Evro-2024 yo‘llanmasiga ega chiqish vazifasi qo‘yilgan. 

Qayd etish lozim, Santush boshchiligidagi Portugaliya termasi JCh-2022'da ishtirok etib, chorak finalda Marokashga imkoniyatni boy bergan. Shundan so‘ng, tajribali mutaxassis lavozimidan ozod etildi. Ayni damda Portugaliya uning o‘rniga Roberto Martinesni bosh murabbiy etib tayinlagan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!