Portugalya statistikada ham Xorvatiyadan ustun keldi
Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.
⠀
Uchrashuv statistikasiга ko‘ra, Roberto Martines shogirdlari o‘yin davomida raqib darvozasi tomon 15 marta zarba bergan bo‘lib, ulardan 3 tasi aniq chiqqan. Xorvatiya esa 13 ta zarba yo‘llab, shundan 6 tasida darvoza to‘g‘ri nishonga olingan.
⠀
To‘p nazorati va uzatmalar soni bo‘yicha ham portugaliyaliklar ustunlik qildi. Jamoa o‘yin davomida 594 ta uzatmani amalga oshirib, ularning 537 tasini aniq bajardi. Xorvatiya esa 385 ta uzatmaning 322 tasini manziliga yetkazdi.
⠀
To‘pga egalik qilish bo‘yicha ham Portugaliya raqibidan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etdi — 51 foizga qarshi 39 foiz.

Fikrlar