
Portugaliyaning sobiq bosh murabbiyi Santushni Osiyoda kutishmoqda
Portugaliya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush ayni paytda ishsiz yuribdi.
Mashhur insayder Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra, unga moliyaviy tomondan ancha manfaatli bo‘lgan bir nechta taklif bor. Xususan, Evropa hamda Xitoy klublari Santush xizmatiga qiziqish bildiryapti.
Ma’lum bo‘lishicha, 68 yoshli mutaxassis faoliyatini Osiyoda davom ettirishga yaqin turibdi. Uning oxirgi ish joyi Portugaliya terma jamoasi bo‘lgandi. Fernandu Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarildi.
Fikrlar