"Portu"ning 2 nafar futbolchisi yozda "Atletiko"ga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi

  • 01.04.2019 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Portu” klubining birdaniga ikki nafar futbolchisi yozda “Atletiko” Madridga ko‘chib o‘tadi.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” “Portu” bilan himoyachi Aleks Tellesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Madridliklar 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 30 million evro to‘lashadi. Ta’kidlash kerakki, Tellesning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 40 mln evro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan tashqari “Portu” xavbeki Ektor Errera ham yozda erkin agent sifatida aynan “Atletiko”ga ko‘chib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!