"President Cup 2025". Taqdirlash marosimidan fotogalereya!

  • 13.12.2025 14:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Shu yilning, 3–12 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun IV xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur turnirda 16 davlatdan 354 nafar kuchli shaxmatchi ishtirok etdi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 80 000 AQSh dollarini tashkil etdi.

"Masters" guruhi

Turnirda Hindiston, Armaniston, Rossiya, Germaniya kabi davlatlarning etakchi shaxmatchilari ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini Shamsiddin Vohidov, Abdisalimov Abdimalik va Madaminov Muhiddin munosib himoya qildi.

Yakuniy natijalar:

1-o‘rin — Nihal Sarin (Hindiston, 2701) — 7 ochko, 8 000 AQSh dollari
2-o‘rin — Madaminov Muhiddin (O‘zbekiston, 2552) — 5 ochko, 6 000 AQSh dollari
3-o‘rin — Vohidov Shamsiddin (O‘zbekiston, 2641) — 5 ochko, 5 000 AQSh dollari

"Open-A" guruhi

1-o‘rin — Abdilxayr Abilmansur (Qozog‘iston, 2378) — 7,5 ochko, 6 000 AQSh dollari
2-o‘rin — Nguen Kvok-Xi (Vetnam, 2418) — 7 ochko, 4 000 AQSh dollari
3-o‘rin — Mahdavi Reza (Eron, 1942) — 7 ochko, 3 000 AQSh dollari

"Open-B" guruhi

1-o‘rin — Pardaev Sulton (O‘zbekiston, 1663) — 8 ochko, 3 000 AQSh dollari
2-o‘rin — Mamatsaloev Shohjahon (O‘zbekiston, 1818) — 8 ochko, 2 000 AQSh dollari
3-o‘rin — Belov Andrey (FIDE, 1821) — 7,5 ochko, 1 500 AQSh dollari

Quyida taqdirlash marosimidan fotolavhalarni tomosha qiling: 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!