Prevyu. "Andijon" - "Mash'al"
Bugun “Bobur arena” stadionida “Andijon” jamoasi chempionatning 4-tur doirasida Muborakning “Mash’al” klubini qabul qiladi.
Qiziqi, o‘tgan yili ham chempionatning aynan 4-turida ushbu jamoalar “Bobur arena”da bellashishgan va 1:0 hisobida “Andijon”ning qo‘li baland kelgan. Yagona gol Ilhom Abdug‘anievning hisobiga yozilgan bo‘lib, ayni paytda u endi “Mash’al” sharafini himoya qilmoqda. Shuningdek, o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasidagi o‘yinda “Mash’al” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Ushbu klublarning ilk to‘qnashuvi 1995 yildan boshlangan bo‘lib, shu vaqtagacha milliy chempionatda 36 marta to‘qnash kelishgan. “Mash’al”da 19, “Andijon” 12 g‘alaba bor. 5 ta o‘yin durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 40\50 muborakliklar foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar