
Prevyu. "Dinamo" - "Neftchi"
Superliganing 7-tur (qoldirilgan) uchrashuvini "Dinamo" turnir peshqadamlaridan biri Samarkandning "Dinamo" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Statistikaga nazar tashlasak, Samarqandning "Dinamo" jamoasi bilan "Neftchi" klubi O‘zbekiston oliy divizioni musobaqalarida o‘zaro 50 marta to‘qnash kelishgan. Shundan 34 ta o‘yinda "Neftchi"ning qo‘li baland kelgan, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan va 12 ta bahsda "Dinamo" ustunlikka erishgan.
Umumiy to‘plar nisbati 44-95 farg‘onaliklar foydasiga. Shuningdek, jamoalar Pro liga chempionatida ham 4 marta uchrashgan bo‘lib, unda ham ustunlik "Neftchi" tomonida: 3 g‘alaba va 1 ta durang, to‘plar nisbati 2:10. O‘zbekiston Kubogi musobaqasida jamoalar faqat 2016 yilda to‘qnash kelishgan va ushbu bellashuvda ham farg‘onaliklar 1:0 hisobida g‘olib chiqishgan.
O‘zaro qarama-qarshilikda "Dinamo" eng yirik g‘alabasini 2010 yilda 3:1 hisobida qo‘lga kiritgan. "Neftchi"ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 1997 yilda 8:0 hisobida ko‘rinish olgan.
Superliga doirasida Samarqandda bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
10.03.2024.
"Dinamo"-"Neftchi" 0:1
30.04.2022.
“Dinamo”-"Neftchi” 1-1
08.11.2017.
“Dinamo”-“Neftchi” 1-0
09.05.2015.
“Dinamo”-“Neftchi” 1:3
17.10.2014.
"Dinamo"-"Neftchi" 0:0
Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqandda o‘tkaziladigan "Dinamo"-"Neftchi" uchrashuvini Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar