
Prevyu. "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912"
"Sherlar" Superliganing 13-turida Toshkentda "Qo‘qon-1912"ni qabul qilishadi.
"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlarda o‘tgan 34 bahsning 20 tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 8 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta raqib g‘alaba qozongan. Raqib darvozasini 90 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz 48 gol o‘tkazib yuborgan.
Toshkentdagi uchrashuvlarning 15 tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, bittadan to‘qnashuv durang va mehmonlar yutug‘i bilan tugagan. 8 bahsda "Paxtakor" yirik hisobda zafar quchgan. Uyda 62 to‘p kiritgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 20 gol olib chiqishgan. O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 2000 yil kuzatilgan. O‘shanda "Sherlar" 7:1 hisobida g‘alaba qozongan.
"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 22 iyun, yakshanba kuni "Jar" stadionida soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar