Prevyu. "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor"
O‘zbekiston Kubogi yarim finalida "Paxtakor" safarda "Qo‘qon-1912" bilan kuch sinashadi.
Ushbu jamoalar hozirgacha O‘zbekiston Kubogi musobaqasida jami uch o‘yinda maydonga tushishgan. 2014 yil uchinchi bosqichda Qo‘qondagi bellashuvda golsiz durang qayd etilgan bo‘lsa, Toshkentda "sherlar" 4:0 hisobida zafar quchgan. Gollar Aleksandr Merzlyakov, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak va Anvar Soliev hisobiga yozilgan. 2018 yil yarim finalda Qo‘qonda o‘tgan bahsda "Paxtakor" 5:2 hisobida g‘alaba qozongan. Ushbu o‘yinda toshkentliklardan Tiago Bezerra ikkita, Ismael Gonsalvesh, Dilshod Rahmatullaev va Jaloliddin Masharipov bittadan gol muallifi bo‘lgan. Uch bahsda ikki g‘alaba va bir durang bilan "Paxtakor" Kubokdagi to‘qnashuvlarda ustunlikka ega.
O‘yinni Egor Krimets diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi. Mezbonlarda bunday yo‘qotish mavjud emas.
"Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bahs 16 dekabr, chorshanba kuni soat 13:00da Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Fikrlar