
Prezident bilan futbol o‘ynagan hujumchi
TsSKA jamoasining sobiq hujumchisi Vagner Lav 2005 yilda UEFA kubogini qo‘lga kiritganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan futbol o‘ynaganini esga oldi.
- Ta’tildan qaytganimizda Vladimir Putin bilan uchrashuv bo‘ldi. Tarjimonimiz kelmadi. Biz prezidentning gaplarini tushunmadik. Hammasi prezident bilan suratga tushish jarayonida yuz berdi. Qarasam, UEFA kubogining ichida to‘p turibdi. Esda qoladigan nimadir qilish kerak, deb o‘yladim va to‘pni olib Putinga oshirdim.U janglyor qildi. Rossiya prezidenti bilan to‘p o‘ynaganim tasviri butun Braziliyani aylangan. Men Putin bilan futbol o‘ynaganimni umrimning oxirigacha unutmayman. Hatto rasmini ham saqlab qo‘yganman, - dedi Vagner Lav.
Vagner Lav 2004-2013 yillar davomida TsSKA sharafini himoya qilgan.
Fikrlar