Prezident Mbappeni o‘z himoyasiga oldi
PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy jamoaning eng yorqin yulduzi Kilian Mbappe atrofidagi voqealarga munosabat bildirdi.
Ma’lumki, 25 yoshli hujumchining klub bilan shartnomasi tez orada yakunlanadi. Matbuotda Kilianning qaysi jamoada o‘ynashi keng muhokama qilinyapti.
Futbolchining o‘zi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaganini aytgani vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi.
- Hammadan Kilianni tinch qo‘yishni so‘rayman. Men unga ishonaman. Mbappe hech qachon klubga qarshi ish qilmagan. Biz bir oilamiz, shuning uchun uni tinch qo‘ying. O‘z o‘yinchimni himoya qilishni istayman.
Jamoamizdagi har bir futbolchi biz uchun juda muhim. Shu bois, ommaviy axborot vositalarini vaziyatni yumshatishga chaqiraman, - dedi Nasser Al-Xelaifiy.

Fikrlar