Prezident Messiga tanbeh berdi
PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy jamoada ikki mavsum o‘ynab ketgan Lionel Messining klub haqida nojo‘ya fikrlar bildirayotganga javob qaytardi.
- PSJda Lionel Messiga oson bo‘lgani yo‘q, chunki jamoada Kilian Mbappe va Neymar kabi yulduzlar bor edi.
Men Messini qattiq hurmat qilaman, lekin kimdir klubdan ketganidan keyin u haqida yomon fikr bildirishi noto‘g‘ri. Bu o‘zaro hurmatga bog‘liq masala, - dedi Nasser Al-Xnlaifiy Marca nashriga.
Messi 2021-2023 yillar davomida parijliklar sharafini himoya qilgan. Argentinalik yulduz o‘tgan yoz AQShning “Inter Mayami” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar