Pro liga. "Andijon-SGS" "Yunired" ustidan so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. "Xorazm" "G‘ijduvon" bilan murosa ko‘chasini tanladi

  • 14 may, 2023, 21:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liganing 9-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakunlandi. Ulardan birida "Andijon-SGS" Samarqandning "Yunired" klubini 2:1 hisobida engdi.

Dastlab, samarqandliklar a’zosi Anvarjon Fayzullaev 28 daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Shahzod Jumaboev uchrashuvda muvozanatni tikladi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada, aniqrog‘i 90+4 daqiqada Abdushukur Marhamatov jamoasining g‘alaba golini kiritdi. 

Shu tariqa, andijonliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Turning yana bir qarama-qarshiligi "Xorazm" va Buxoroning "G‘ijduvon" jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yin nursiz durang bilan yakunlandi. 

Ba’zida darvozabonlar katta sahnaga chiqqan bo‘lsa, ba’zida futbolchilarga omad etishmadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
14/05/2023 21:46
Галаба бу'лсин муборак Андижон (ширин газ сервис) жамоаси