Pro-liga. "Sho‘rtan" raqibini tennischa hisobda mag‘lub etdi
Pro-liga 6-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Aral Samali" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda gollarga Farhod Imamov, Javohir Xasanov, Muhriddin Zoirov (dubl), Choriyor Tursunqulov va Eldor Ergashev mualliflik qildi. Mehmonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng "Sho‘rtan" ochkolari sonini 7 taga etkazib, 6-o‘ringa chiqib oldi.
"Aral Samali" hisobida 4 ochko mavjud. Jamoa ayni payt jadvalning 9-pog‘onasidan joy olgan.

Fikrlar