Pro liganing eng yaxshi futbolchisi xorijdan taklif oldi

  • 2 dekabr, 2022, 09:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro” bilan birga Superligaga qaytgan Ro‘zim Ahmedov yakuniga etgan mavsumda chindan ham o‘zidan ajoyib taassurot qoldirdi.

Tecno

Qizig‘i, o‘tgan yili “Dinamo”ni Superligaga qaytarishga ko‘maklashgandi, bu safar “Buxoro” klubida bu ishni bajardi.

Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning ma’lum qilishicha, 23 ta gol bilan pro liganing eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisiga aylangan hujumchining xizmatiga chetdan qiziqishlar mavjud. 35 yoshli futbolchining “Buxoro” bilan tuzgan shartnomasi 30 noyabr kuni yakunlangan va hozirda u erkin agent hisoblanadi.

Ayni chog‘da Ro‘zim Ahmedov oldida xorijdan takliflar turibdi. Qolaversa, o‘zimizning jamoalardan ham bu o‘yinchiga yana qiziqish ortgan. Shu bilan birga “Buxoro” klubi ham Ro‘zim bilan hamkorlikni davom ettirish istagida ekanligini aytish mumkin.

Tez orada futbolchining o‘zi bilan suhbat Sports.uz sayti orqali e’tiboringizga havola etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!