Promouter: "Tayson Fyuri va Entoni Joshuа jangi, albatta, bo‘lib o‘tadi, biroq..."
Angliyalik taniqli promouter Frenk Uorren ikki mega-yulduz – Entoni Joshuva va Tayson Fyuri oʻrtasida kutilgan toʻqnashuv borasida shoshilmaslikka chaqirdi.
Promouterning soʻzlariga koʻra, har ikki bokschi ham shartnomaga qoʻl qoʻygan. Biroq katta britancha jangni rasmiy eʼlon qilishdan oldin ularning har birida tugallanmagan ish bor, ayniqsa, Tayson tayyorgarlik uchun bitta bahs oʻtkazishi lozim.
Maʼlumot uchun, Joshuva oxirgi bor Kristian Prengani 2 raundda nokautga qilgan boʻlsa, Fyuri 7 raundda Marius Votchni texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar