PSJ - "Borussiya D". Parijdagi super to‘qnashuvning asosiy tarkiblari e’lon qilindi

  • 12.03.2020 00:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sanoqli daqiqalardan so‘ng Parijdagi "Park de Prans" stadionida UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan PSJ hamda "Borussiya D" jamoalari bahsi boshlanadi.

Ushbu jamoalarning Dortmundda kechgan ilk uchrashuvi 2:1 hisobida "Borussiya"ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Shu bois bugun parijliklarga oson bo‘lmasligi aniq. Ular keyingi bosqichga chiqishlari uchun nafaqat gol urishlari, balki o‘z darvozasi daxlsizligini ham saqlab turishlari kerak.

Quyida Parijdagi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:

PSJ Frantsiya – Borussiya D Germaniya

11 mart, 01.00, «Park de Prens»

PSJ – Navas, Kerer, Kimpembe, Markinos, Bernat, Paredes, Di Mariya, Sarabiya, Guye, Neymar, Kavani.

"Borussiya D" – Byurki, Xummels, Pishchek, Zagadu, Xakimi, Djan, Gerreyru, Sancho, Vittsel, Azar, Xoland.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!