PSJ - "Borussiya" Dortmund o‘yini koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi

  • 01.03.2020 12:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan PSJ - "Borussiya" Dortmund jamoalari uchrashuvi koronavirus epidemiyasi sabab muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Canal Plus France nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq PSJ rahbariyati zararlanishning oldini olish uchun futbolchilarga qo‘l berib so‘rashishni ta’qiqlagan edi. Bundan tashqari ular miks zonalarda o‘yindan so‘ng intervyu ham berishmaydigan bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib Frantsiyada koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshdi.

PSJ – “Borussiya” Dortmund uchrashuvi 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning Germaniyadagi bahsi 2:1 hisobida dortmundliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!