PSJ - MYu. Kavani va jamoa sardori Parijga bormadi

  • 19 oktabr, 2020, 19:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr va hujumchi Edinson Kavani Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan PSJga qarshi bahsda ishtirok etmaydi, deb xabar berdi Manchester Evening News nashri.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, ikkala futbolchi ham Parijga uchib ketayotgan MYu jamoasi tarkibida ko‘rinmagan.

Kuni kecha Kavani 14 kunlik karantindan so‘ng, "Manchester Yunayted"dagi birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Maguayrni "Nyukasl"ga (4:1) qarshi uchrashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida edi, ammo himoyachi bellashuvda qatnashdi. U PSJ jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tayyor emas, deb qo‘shimcha qilinmoqda.

Shu qatorda, jarohati sabab Meyson Grinvud ham ChLning ilk bahsida qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. "Penyarol" klubidan transfer qilingan 18 yoshli yarim himoyachi Fakundo Pelistri qaydnomadan joy olgan.

"Manchester Yunayted" PSJga qarshi uchrashuvni safarda o‘tkazadi. Bellashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!