PSJ 35 yoshli futbolchiga yangi kelishuv, 26 yoshlisiga esa chiqish eshiklarini ko‘rsatmoqda

  • 14 may, 2020, 11:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Yulian Draksler yozgi transfer oynasi vaqtida klubni tark etmoqchi emas. Bu haqida Footmercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Oldinroq, parijliklar 26 yoshli germaniyalik futbolchiga yangi klub izlashini aytishgandi. Draksler esa amaldagi shartnomasi yakunlangunicha Parij klubida qolishni rejalashtirmoqda.

PSJning braziliyalik himoyachisi Tiago Silva esa klub bilan bir yillik kelishuv imzolashga yaqin turibdi. Ammo buning uchun "faxriy futbolchi" maoshi qisqarishiga rozi bo‘lishi kerak. Amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakunlanadigan 35 yoshli Silva hozirda PSJda yiliga 14,5 million evro ishlab topadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!