
PSJ bosh murabbiylikka kutilmagan murabbiyni chaqirdi
PSJ rahbariyati jamoa mamlakat chempioni bo‘lganiga qaramay, bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Parijliklar uchun ichki chempionatdan ko‘ra, Chempionlar ligasidagi g‘alaba muhimroq hisoblanadi.
PSJni boshqarishga asosiy nomzodlar sifatida Zinedin Zidan, Yoaxim Lyov, Antonio Konte va Tiago Motti e’tirof etilayotgan edi. Biroq sport direktori Leonardo kutilmagan mutaxassisni ilgari surmoqda.
U jamoani 47 yoshli mutaxassis Serjiu Konseysauga topshirmoqchi. Bu murabbiy joriy mavsumda “Portu”ni Portugaliya chempioni qildi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etishi bois, parijliklar ma’lum miqdorda balad puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar