PSJ bugun yana bir "bomba" xabarni e’lon qiladi

  • 3 iyun, 2023, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kristof Galte kelasi mavsumda PSJni boshqarmaydi. L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, parijliklar 56 yoshli frantsiyalik futbolchini bugun chempionatning so‘nggi turidan o‘rin olgan "Klermon"ga qarshi o‘yindan so‘ng iste’foga chiqaradi.

Tecno

PSJ xo‘jayini hisoblangan Qatar amiri Muhammad bin Hamad Al-Tani ushbu o‘yin arafasida Parijda klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda Galteni iste’foga chiqarishga qaror qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kristof Galte PSJni o‘tgan yozda qabul qilib olgan va jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi.

Yakunlanayotgan mavsumda parijliklar Frantsiya chempionatida g‘alaba qozonishdi, ammo 1/8 finalda "Bavariya"ga (0:1, 0:2) mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasidan chiqib ketishdi.

Bundan tashqari, PSJ fevral oyida 1/8 finalda Marselga (1:2) yutqazib, Frantsiya kubogini ham tark etgan edi.

Shuningdek, manbaga ko‘ra, Galtening ishdan bo‘shatilishiga irqchilik ayblovlari bilan chiqqan mojaro ta’sir ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!