PSJ Chempionlar ligasida yangi rekordini o‘rnatdi

  • 10.09.2026 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning yetakchi klubi PSJ Yevropa maydonlariga shiddat bilan qaytdi. Parij jamoasi Chempionlar Ligasidagi yangi mavsumini Bratislavaning «Slovan» klubini 6:1 hisobida mag‘lub etgan holda boshladi.

Uchrashuv davomida PSJ futbolchilari raqib darvozasi tomon 35 marta zarba yo‘lladi. Bu ko‘rsatkich Chempionlar Ligasida fransuz klubi uchun yangi rekord sifatida qayd etildi. UEFAning eng nufuzli klub musobaqasida batafsil statistika yuritila boshlanganidan buyon parijliklar biror marta raqib darvozasiga bunchalik ko‘p zarba bermagan edi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ hozirgi kunda ushbu nufuzli musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Chempionlar Ligasidagi navbatdagi bahsda parijliklar Yevropa futbolidagi eng kuchli jamoalardan biri — «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!