PSJ Chempionlar ligasidan 146 million yevro ishlab topdi. "Arsenal"chi?
"The Athletic" hisob-kitoblarga ko‘ra, "Pari Sen-Jermen" joriy Chempionlar ligasi mavsumida jami 146 million yevro miqdorida mukofot puliga ega bo‘ldi.
Finalda "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:1, penaltilar seriyasida 4:3) parijliklarga qo‘shimcha 6,5 million yevro keltirdi.
Shuningdek, Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat tufayli PSJ UEFA Superkubogiga yo‘llanma oldi. Avgust oyida Zaltsburg shahrida bo‘lib o‘tadigan bahsda Frantsiya klubi "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu o‘yinda ishtirok etishning o‘ziyoq klubga yana 4 million yevro kafolatlaydi. Agar PSJ Superkubokni qo‘lga kiritса, yana 1 million yevro qo‘shimcha mukofot oladi.
Finalda mag‘lub bo‘lgan "Arsenal" esa taxminan 143 million yevro ishlab topdi. Bu Angliya klublari tarixidagi Chempionlar ligasi bo‘yicha eng katta mukofot puli hisoblanadi.

Fikrlar