PSJ de Xea bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David de Xea hamon PSJning diqqat markazida bo‘lib turibdi.
Paris United nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar sport direktori Antero Enrike bir necha hafta oldin ispaniyalik darvozabonning vakillari bilan uning transferi masalasiga gaplashgan.
Ta’kidlash kerakki, de Xeaning MYudagi kelajagi ushbu jamoaning mavsum yakunida EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yoki kirita olmasligiga bog‘liq. Agar “qizil iblislar” qit’aning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olishmasa, u jamoadan ketadi.
Ma’lumot uchun, de Xeaning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar