PSJ Donnarumaga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 12 aprel, 2024, 15:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati jamoaning birinchi raqamli darvozaboni Janluiji Donnarummaning o‘yinidan norozi. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Luis Enrike Donnarummaning o‘rniga boshqa posbonni ko‘zlamoqda.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis "Atletik" darvozaboni Unai Simonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 26 yoshli keperning bozor qiymati 25 million evroga baholanmoqda. Simonning "basklar" bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Unai 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol o‘tkazib yubordi va 15 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!