PSJ Erreraga 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda

  • 22.03.2019 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bundan avvalroq PSJ klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Ander Errera bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edik.

RMC nashrining xabar berishicha parijliklar 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Agar Errera ushbu shartnomaga rozilik bildirsa, u Parijda haftasiga 173 ming evro maosh olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ander Erreraning MYu bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u PSJga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!