PSJ futbolchilari Pochettinoning ketishini talab qilmoqda

  • 12 yanvar, 2022, 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJda vaziyat chigallashib ketdi. Jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilarining aksariyati bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning ish uslubidan qoniqmayapti.

Le Parisien nashrining xabar berishicha, o‘yinchilar klub rahbariyatidan argentinalik mutaxassis o‘rniga boshqa bosh murabbiy olib kelishni talab qilyapti.

Yaqinda PSJ xo‘jayinlari Zinedin Zidan bilan kelishuvga erishgani va frantsiyalik mutaxassis mavsum yakunlanishi bilan jamoani qabul qilib olishga tayyor ekanini haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.

Pochettino esa yulduzli tarkibni o‘ziga bo‘ysundira olmayapti va yozda Angliya chempionatiga qaytib borishni rejalashtirib yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!