PSJ futbolchisi Bundesliga klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 14 iyun, 2019, 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi yarim himoyachisi Mussa Diabi faoliyatini "Bayer"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli frantsiyalik futbolchi leverkuzenliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. “Dorishunoslar” esa uning transferi uchun Parij klubiga 15 mln evro to‘lashgan. Bundan tashqari imzolangan kelishuvga ko‘ra PSJ Diabining navbatdagi transferidan 20% bonus ham oladi.

Ma’lumot uchun, Diabi asli PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida parijliklar safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushgan va 4ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!